Jizzax “Eski shahar buyum” savdo kompleksi aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2025 yil 18 iyul kuni soat 16-00 da jamiyat ma’muriy idorasida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Jizzax shaxri, Oqqo’rgonlik MFY, Mustaqillik ko’chasi, 72-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish shu kuni soat 14-00 dan boshlanadi.
1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3) Jamiyatning 2024 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat raisining hisobotini eshitish.
4) Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
5) Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
6) Jamiyatning 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha “Samimiy audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2025 yil 14 mayda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash.
7) Jamiyat boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzish masalasini ko‘rib chiqish.
8) Jamiyatning 2024 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, qolgan 20 foizini zahira fondiga ajratish.
9) Jamiyatning 2025 yil uchun “Biznes rejasi”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
10) Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini saylash.
11) Jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
Yig‘ilishga jamiyatning barcha aksiyadorlari taklif etiladi.
No comments yet.