Jizzax “Eski shaxar buyum” savdo kompleksi aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2023 yil 24 iyun kuni soat 16-00 da jamiyat ma’muriy idorasida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Jizzax shaxri, Oqqo’rgonlik MFY, Mustaqillik ko’chasi, 72-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish shu kuni soat 13-00 dan boshlanadi.

  1. Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
  2. Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
  3. Jamiyatning 2022 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat raisining hisobotini eshitish;
  4. Jamiyatning 2022 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
  5. Jamiyatning 2022 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
  6. Jamiyatning 2022 yilgi faoliyati bo‘yicha “Samimiy audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2023 yil 31 martda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
  7. Jamiyat boshqaruvi raisi bilan 2022 yil 24 iyunda 3 yil muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ko‘rib chiqish;
  8. Jamiyatning 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, qolgan 20 foizini zaxira fondiga ajratish;
  9. Jamiyatning 2023 yil uchun “Biznes rejasi”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  10. Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini saylash;
  11. Jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
  12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-101-sonli qarorining 2-bandiga asosan:
  • Respublika Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2023 yil
    27 apreldagi 03/03-03-888-sonli xatiga ko‘ra “Eski shaxar buyum” savdo kompleksi AJda investitsiya kiritishga oid kelishuv (bitim, shartnoma, memorandum)larni, majburiy tartibda Davaktiv agentligi bilan kelishilishi bo‘yicha ichki meʼyoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish;
  • Respublika Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2023 yil
    27 apreldagi 03/03-03-888-sonli xatida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda jamiyatning ichki hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqish.

Yig‘ilishga jamiyatning barcha aksiyadorlari taklif etiladi.